"Manchester Siti" yetakchilaridan biri Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda

Alisher
4 may 2024
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tish variantlarini tahlil qilmoqda.

33 yoshli futbolchi "Al Ahli"da o'ynayotgan sobiq jamoadoshi Riyod Mahrez bilan Saudiya Arabistonidagi hayot, shuningdek mahalliy futbol klublari darajasini bilish maqsadida bog'landi. Qayd etilishicha, Uoker "Manchester Siti"ga sodiq, ammo u Saudiya Arabistoni kelajakda rafiqasi va farzandlari uchun yaxshi joy bo'lishi mumkin deb hisoblaydi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun