"Manchester Siti" YCHLdan chetlatilishi mumkin

Eldor Akmurzayev
14 may 2019
UEFAning moliya ishlari bo'yicha taftish komissiyasi Manchester Sitini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi sabab Evrokuboklardan chetlatishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, komissiya rahbari Iv Leterm "shaharliklar”ning kamida bir mavsum diskvalifikaciyaga erishmoqchi. 

Ingliz klubi feyr-pley bo'yicha 2014-yilda taqdim etilgan xujjatlarga noto'g'ri ma'lumotlarni kiritganlikda ayblanmoqda. Shuningdek, jamoa homiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalardagi mablag'larni to'liq ko'rsatmaganlikda ham gumon qilinmoqda. 

Eslatib o'tamiz, UEFA  2014-yilda Man Sitini 49 mln. funt jarimaga tortgan, klubning YCHL uchun e'lon qilinadigan futbolchilar qaydnomasini qisqartirgan va 2 mavsum futbolchi sotib olish imkoniyati cheklashga qaror qilgandi. 

APLning joriy mavsum chempioni esa ularga qo'yilayotgan barcha ayblovlarni keskin rad etmoqda. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: New York Times