

Sarri boshqaruvidagi "Chelsi" inqiroz ko'chasiga kirib bormoqda. Avvalgi mehmondagi uchrashuvda (Bornmut, 0:4) ham mag'lubiyatga uchragan "aristokratlar" "Siti"dan oltita to'p qabul qilib olishdi.
Manchester Siti – Chelsi 6:0
"Etixad Stedium"
Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 2:0 – 13 Aguero, 3:0 – 19 Aguero, 4:0 – 25 Gyundogan, 5:0 – 56, penalti Aguero, 6:0 – 80 Sterling.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Zinchenko, de Bryuyne (Marez, 68), Fernandino (Silva, 75), Bernardu Silva, Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 65).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso (Emerson, 73), Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 52), Jorjino, Pedro (Loftus-Chik, 65), Kante, Azar, Iguain.
Ogohlantirishlar: Jorjino (60), Alonso (69).

Uchrashuvni "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher va uning yordamchisi Keran Makkenna ham bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.




