Manba: Tojikiston sobiq ustozi Segrt O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi kutilayotgan Lyovga yordam berishi mumkin

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2025
Bu haqda jurnalist Aleksandr Troickiy xabar qildi.

"Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, Tojikiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Petar Segrt germaniyalik mutaxassis O'zbekiston terma jamoasini qabul qilsa, Yoaxim Lyovning yordamchisi bo'lish imkoniyatini muhokama qilgan.

Segrt Tojikiston terma jamoasidan ketganidan keyin ish topa olmadi. Olayotgan takliflar shart-sharoit jihatidan unga mos kelmaydi. Balki Tojikistondan ham shunday takliflar kelgandir.

O'z navbatida, menga aytishlaricha, 65 yoshli Yoaxim Lyov so'nggi yillarda to'g'ri muloqot o'rnatishda muammolarga duch kelmoqda. Ehtimol, bu qisman uning uzoq tanaffusiga, shuningdek, Bundesliga klublari bilan ishlashni istamasligi bilan bog'liqdir, chunki shunday bo'lsa, doimiy ravishda odamlar bilan muloqot qilishiga to'g'ri kelardi.

Ko'rinib turibdiki, Segrt kerak bo'lsa, o'zining ochiqligi va Osiyoda ishlash tajribasi bilan Lyovga yordam bera oladi", – deyiladi Troickiy xabarida.

Avvalroq Petar Segrt Championat.asia muxbiri Abdulvosit Bektemirovga eksklyuziv intervyu bergan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/my_asiasport_news