Manba: Shomurodov Turin klubiga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
29 dek 2022, 12:22
"Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida Italiyaning boshqa klubiga o'tishga yaqin turibdi.

"Sky Sport Italia" ma'lumotlariga qaraganda, 27 yoshli futbolchi tez orada "Torino"ga o'tishi mumkin. "Buqalar" rahbariyati Petro Pellegri jarohat olib safdan chiqqach yangi hujumchi qidirish bilan band. 

Qayd etish joiz, Turin klubi rahbariyati yozda ham Shomurodovni o'z jamoasiga jalb qilishga urinib ko'rgan, ammo rimliklar bilan kelisha olmagandi.

Eldor Shomurodov joriy mavsum "Roma"da deyarli o'ynamayapti. Forvard Italiya chempionatida "poytaxt bo'rilari" tarkibida bor-yo'g'i 6 ta uchrashuv o'tkazdi.

Avvalroq Shomurodovning narxi arzonlagani ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia