Manba: "Qizilqum" "Neftchi"ni yutsa, har bir futbolchi 40 million so'mdan oladi

Sherzod Nurmatov
22 noya 2025
Bugun Farg'onada Superliganing 29-turidan o'rin olgan "Qizilqum" bilan o'yin bo'lib o'tadi.

Agar uchrashuvda "Neftchi" g'alaba qozonsa, 24 yil ichida ilk bor chempionlikni bayram qiladi. 

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lumotlariga ko'ra, "Qizilqum" futbolchilariga jamoa rahbariyati va "Paxtakor" tomonidan katta miqdorda mukofot pullari vada qilingan. 

"Bugun "Qizilqum" Farg'onada bayram bo'lmasligiga astoydil harakat qiladi. 

Jamoa rahbariyati bugungi g'alaba uchun har bir futbolchiga 20 million so'm mukofot vada qilgan. Bundan tashqari, "Paxtakor" ham 20 million so'mdan vada qilgani aytilmoqda. Demak, "Qizilqum" bugun yutsa, har bir futbolchi 40 million so'mga ega bo'ladi", – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" – "Qizilqum" bahsi bugun "Istiqlol" stadionida 16:15 da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia