Manba: "Manchester Yunayted" Saulning agenti bilan uchrashuv o'tkazadi

Alisher
2 avg 2021, 11:47
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, ushbu haftada futbolchining agenti va "Manchester Yunayted" vakillari o'rtasida uchrashuv rejalashtirilgan.

O'z navbatida, MYU Saulning nomzodini "Pari Sen-Jermen" qiziqayotgan Pol Pogbaning o'rniga ko'rib chiqmoqda.

26 yoshli Saul o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira