Manba: "Andijon" futbolchilariga mashina vada qilindi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2024
Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

5 oktyabr kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi o'tkaziladi. Unda "Andijon" "Navbahor" bilan ro'baro' keladi.



Ma'lumotlarga qaraganda, "Andijon" Kubokni qo'lga kiritsa, futbolchilarga Onix avtomobillari sovg'a qilinadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia