"Man Siti" Grilishni 100 mln funtga xarid qilishga yaqin. Bu APL rekordi

Alisher
25 iyun 2021
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish tez orada "Manchester Siti" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Tomonlar angliyalik futbolchining 100 million funtlik transferi borasida kelishuvga erishishga yaqinlar.

Bitim tez orada imzolanishi mumkin. Agar u amalga oshsa, bu APL rekordi bo'ladi.

25 yoshli Grilish o'tgan mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN