

Floran Maluda maydondagi ajoyib harakatlari uchun sovrin oladi. Joriy mavsumda 36 yoshli yarim himoyachi "Deli Dinamos"ning Hindiston Superligasidagi 14 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Floran Maluda Hindistonda 2015 yildan beri o'ynaydi. "Deli Dinamos" va Maluda o'rtasidagi bitim 2017 yilning yozida yakuniga etadi.



