“Malme” sobiq a'zosi: “Ronaldudan futbolka almashishni so'ragandim, o'yindan keyin esa u meni topib, ikkitasini sovg'a qildi”

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2022
“Malme”da faoliyat olib borgan Enok Adu Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq voqeani esga oldi.

2015/16 yilgi mavsum xavbek shved klubi safida Chempionlar Ligasida “Real”ga qarshi o'ynagan.

“O'yin davom etayotganda uning yoniga keldim va uchrashuv yakuniga etgandan keyin futbolka almashishni so'radim.

Bahsdan keyin esa u meni topib, kiyinish xonasiga kirdi hamda menga ikkita formasini sovg'a qildi. Ajoyib inson”, deydi Adu.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SportsObama TV