Malkom: “Messi o'zini “Barsa” rahbaridek his etadi”

Eldor Akmurzayev
20 apr 2020
“Zenit” yarim himoyachisi Malkom Lionel Messining “Barselona”dagi o'rni haqida gapirdi.

- “Barselona” oila edi. Leo o'zini prezidentdek tutardi. U jamoa sardori sifatida xodimlar bilan gaplashar, bizga esa savollar berar edi. O'z fikrlarimiz bilan o'rtoqlashish maqsadida uchrashuvlar o'tkazardik va keyin Messi barchasini klub rahbariga ma'lum qilar edi. 

- Chempionatlar to'xtatilganidan keyin eng achinarli yangiliklardan biri – Messining o'yinini ko'ra olmaslik.

- O'ylashimcha, Messi 40 yoshgacha o'ynaydi. Koronavirus imkon qadar tezroq chekinishini kerak va biz yana Messini maydonda ko'ramiz”, deydi braziliyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SER Catalunya