

Aytish kerak, ayni vaqtda Maldiv chempionatida ikki nafar hamyurtimiz to'p tepmoqda. Shu kunlarda ularning soni oshishi mumkin. Ikki nafar hamyurtimiz Abdurasul Komilov va Ahror Umarjonov o'tgan yili chempionatni uchinchi o'rinda yakunlagan Iglz jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Kecha Iglz mavsumning ilk uchrashuvini amaldagi chempion TS Sportsga qarshi safarda o'tkazib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Hamyurtlarimizning xorijdagi faoliyatiga omad tilab qolamiz.







