Maldiv orollari terma jamoasi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
11 iyun 2022, 11:41
Xabaringiz bor, bugun Osiyo Kubogi saralash bosqichi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Maldiv orollari uchrashuvi o'tkaziladi.

Kecha ikkala jamoa a'zolari ham Namanganda o'yinoldi mashg'ulot jarayonini o'tkazdi. Avvalroq O'zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni haqida xabar berilgandi. Shuningdek, raqib jamoa ham navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. 

Eslatib o'tamiz, bo'lajak o'yin 20:30 da Namangandagi “Markaziy” stadionda start oladi. Maldivliklar ilk o'yinda Tailandga 0:3 hisobida yutqazgan, vakillarimiz esa Shri-Lankani yirik (3:0) hisobda mag'lub etishgandi.

Mazkur kvartetdagi yana bir o'yin esa 17:00 da Shri-Lanka va Tailand o'rtasida o'tkaziladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Мальдив ороллари ТЖ матбуот хизмати