Malayziya Superligasi. Shoahmedovning dubli “Terengganu”ga yirik g'alaba keltirdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
29 avg 2020
Malayziya chempionatining 5-turi doirasida “Terengganu” o'z maydonida “Sabax”ni qabul qilib 4:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 43 va 71-daqiqalarida mezbonlar a'zosi Sanjar Shoahmedov raqib darvozasini ishg'ol etib, dublni rasmiylashtirdi. Sanjar Superligadagi umumiy gollari sonini 4 taga etkazgan holda to'purarlar ro'yxatida 2-o'ringa ko'tarildi. Undan yuqorida esa jamoadoshi Dominik da Silva (7) joylashgan.

“Terengganu” – “Sabax” 4:0 (2:0, 2:0)

“Sulton Mizan Zanal” nomidagi stadion

Gollar: Da Silva 12, Shoahmedov 43, 71, Ramli 84

TURNIR JADVALI

TO'PURARLAR RO'YXATI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia