"Malaga" sport direktori: "Kabaleroni sotib olmoqchi bo'lgan klub 20 million evro to'lasin"

Tolibjon Qosimov
7 fev 2014
"Malaga" sport Visente Kasado darvozabon Villi Kabaleroning transfer narxini e'lon qildi.
"Kabaleroga qiziqayotganlar uni qanchaga sotib olish mumkinligini bilishadi. Uning transfer narxi 20 million evro", – deydi Kasado.

"Meni "Malaga"da barchasi yoqadi. Shu bois agar meni klubdan kyetishimni istashsa o'zlari haydashlari kerak bo'ladi", – deydi Kabalero.

32 yoshli argentinalik darvozabon bu mavsumda 7 o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru