Maksim Shackixning yordamchilari "Paxtakor" akademiyasida ish boshladi

Administrator
22 yanv 2025
"Paxtakor" akademiyasida xorijlik murabbiylar faoliyat olib boradi.

Vitaliy Shpanyuk va Vladislav Belyaev "Paxtakor" akademiyasida ish boshladi. Xorijlik tajribali mutaxassislar endilikda "Paxtakor" futbol akademiyasida yosh futbolchilar bilan faoliyat olib borishadi. Shpanyuk jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlasa, Belyaev akademiya jamoalarining katta murabbiyi lavozimida mehnat qiladi. 

Ma'lumot uchun, bu ikki murabbiy "Paxtakor" klubi sobiq bosh murabbiyi Maksim Shackixning yordamchilari edi.


AdministratorMuallif
Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати