Maksim Shackix: "Normal futbol mamlakatida "Arsenal"ni qutqarib qolish mumkin edi"

Narzulla Saydullayev
23 noya 2013
Kievning Arsenal klubi hujumchisi Maksim Shackix klubning chempionatdan chiqarib tashlanganiga o'z munosabatini bildirdi.
Men rasmiy bayonotni kutgandim. Kecha eshitgan xabarimga ko'ra hammasi yomon edi.
 
Klub prezidentlari yig'ilganida bizning hech bir rahbarimiz kelmaganini bildim.
 
Bu klub endi hech kimga kerak emasligini tushunib ketdim.
 
Bizga yordam bermoqchi bo'lganlarga rahmat. Ammo menimcha normal futbol mamlakatida bunday holat yuz bermasdi. Klub mavsumni tugatib olishi shart edi, ungacha esa, bilmadim, professional liga klubni o'z qaramog'iga olishi kerak edimi,- deydi Shackix Futbol telekanaliga bergan intervyusida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ua