Maksim Shackix: "Ikki kundan keyin yana o'yinimiz bor, yigitlar tiklanishlari kerak"

Mirjalol Normatov
15 avg 2024
O'zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Bugun muxlislar O'zbekiston kubogi doirasidagi uchrashuvda derbi guvohi bo'lishdi. Birinchi bo'limda o'yin nazoratini qo'lga olishga harakat qildik, biroq rejamiz to'liq amalga oshdi deb ayta olmayman. Ikki kundan keyin yana o'yinimiz bor, yigitlar tiklanishlari kerak. Tig'iz taqvim. Ayrim chiziqlarda rotaciyalarni amalga oshirishga harakat qildik. Shuningdek, maydon holati ham sifatli futbol uchun imkon bermadi. Bunday maydonda uzatmalar aniq yetib bormaydi, driblinglar ham o'xshamaydi. 

- Ibragimovning almashtirilishiga sabab nima? 

- Ha, buni uning o'zi so'radi. Shu boisdan ham almashtirdik.

- O'yin uchun qanday uslubni reja qilgandingiz? 

- Albatta, g'alabani maqsad qilgandik. Birinchi bo'limning dastlabki qismidanoq oldinga o'tish, hujumlar tashkil etish va shu orqali g'alabaga erishish. Barchasi doim ham o'xshayvermaydi. Lekin umumiy maqsad keyingi bosqichga qaratilgandi, bunga erishdik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia