Maksim Shackix: "Hammasiga o'zim aybdorman"

Narzulla Saydullayev
15 noya 2025
Bugun Superliga 21-turidan o'rin olgan "Dinamo" va "Andijon" jamoalari o'rtasida qoldirilgan uchrashuv bo'lib o'tdi va bunda "Dinamo" 2:0 hisobida zafar quchdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix o'z fikrini qisqa va lo'nda bayon qildi.

- Ko'p gapirmayman. Chempionatda "Andijon" bilan sodir bo'layotgan holatlar to'liq mening aybim. Men Superligani nazarda tutyapman. Yigitlarni ruhlantirish negadir o'xshamayapti, balki kerakli so'zni topa olmayapman. Mas'uliyatni to'liq o'z zimmamga olaman. Hech nimani bekitmoqchi emasman. Hammasiga o'zim aytborman. Boshqa aytadigan gapim yo'q.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia