Makkoyst: "Ronaldu hozirgi Angliya terma jamoasi asosiy tarkibiga kira olmagan bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2024
"Reynjers" sobiq futbolchisi Alli Makkoyst Krishtianu Ronalduning hozirgi darajasi haqida tanqidiy fikr bildirdi.

"Krishtianu Ronaldu hozirgi Angliya terma jamoasining asosiy tarkibidan joy ololmaydi deganlar fikriga qo'shilaman. Besh yoki o'n yil oldin jamoani Ronaldu va yana 10 kishi deb atash mumkin edi, ammo vaqt beshafqat, hammamiz bilan shunday bo'ladi.

Ayni damdagi vaziyat shunday, u inglizlar asosiy tarkibiga kira olmasdi" - dedi Makkoyst.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BoyleSports