

Umuman olganda, bu o'yinlardan biri o'tkazilmasligi mumkin: Makao futbol Associaciya rahbariyati terma jamoani Shri-Lankaga javob bahsiga yubormoqchi emas.
Dastlab Makao futbol Associaciyasi yaqinda Kolombo shahridagi teraktlar tufayli Shri-Lanka davlati xavfsizlikni taminlay olmaydi deb hisobladi. Biroq Shri-Lanka futbol federatsiyasi xavfsizlik choralari FIFA va OFK tomonidan tasdiqlanganini ma'lum qildi.
Shundan keyingina Makao tomoni terma jamoani o'zining aybi bilan o'yinga yuborishni istamayotgani ma'lum bo'lib qoldi. Makao FA o'z futbolchilarini vaqtida sug'urtalay olmagan.
Terma jamoa futbolchilari esa sug'urtani o'zlari to'lashga tayyorlar. Agar MFA o'z qarorini bekor qilmasa, 24 nafar futbolchi keyinchalik hech qachon terma jamoada o'ynamoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda Makao Shri-Lankani 1:0 hisobida mag'lub etgan va ikkinchi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibdi", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.



