Mahmud Mahamadjonov "Bunyodkor" bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2023
Ma'lumki, “Bunyodkor” so'nggi yillarda o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga jiddiy ahamiyat qaratmoqda.

"Bugun asosiy tarkibda to'p tepayotgan aksar futbolchilar “Bunyodkor” akademiyasida tarbiya topgani barchaga ma'lum. Xususan, oxirgi mavsumlarda bosh jamoaning yetakchilariga aylanib ulgurgan Rasul Yo'ldoshev, Farrux Ikromov, Mahmud Mahamadjonov, Bilol Tupliev, Muzaffar Olimjonov, Umid Sultonov kechagi kunimizning mevasi, “qaldirg'ochlar”ning ertasi hisoblanadi.

“Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati jamoa shiori, ananasiga sodiq qolgan holda jamoa ertasi bo'lgan tarbiyalanuvchi bilan shartnomani uzaytirdi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi, iqtidorli himoyachi Mahmud Mahamadjonov 2027 yil oxirigacha “qaldirg'ochlar” libosida to'p tepadi.

Umid qilamizki, Mahmud Mahamadjonov kelasi mavsumlarda ham himoyadagi mustahkam o'yini bilan jamoamizning g'alabalariga hissa qo'shadi", - deb yozadi "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com