Maguayr: "Raqib bizni o'z sxemasiga solib qo'ydi"

Mirjalol Normatov
22 okt 2023
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr APL doirasida "Sheffild"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Raqib bizni o'z sxemasiga solib qo'ydi, bunga ko'nikib olish uchun vaqt ketdi.

Jamoa g'alaba uchun qo'lidan kelganini qildi, ammo bu juda qiyin bo'ldi. Bilaman, biz bundan ham yaxshiroq bo'la olamiz", - dedi Maguayr.

Xarri uchrashuv yakunlanganidan keyin muxlislar talqiniga ko'ra, eng yaxshi futbolchi deb topildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal