Maguayr: “Bosim bizga ochkolar to'plashda yordam bermoqda”

18 fev 2020, 08:47
Harri Maguayr “Chelsi” ustidan erishilgan g'alaba haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz juda ham yaxshi o'yin namoyish etdik. “Chelsi” bilan oradagi farqni qisqartirish uchun g'alaba qozonish kerak ekanligini tushunib turgan edik. Ushbu mavsum bizga barqarorlik yetishmayapti. Ayni damda biz shu muammoni echish ustida ishlayapmiz. Bosim esa bizga ochkolar to'plashda yordam bermoqda”, - deydi Maguayr.


Manba: BBC Sport