

10 oktyabr kuni Toshkentda Yaman, 15 oktyabr kuni esa safarda Singapur bilan o'yinlar bo'lib o'tadi. 2 oktyabr kuni Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Toshkentda yig'in boshlaydi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yig'inga "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Lutfulla To'raev ham chaqiruv olgan. Ma'lumot uchun, To'raev 2010-2015 yillarda terma jamoada 19ta o'yinda maydonga tushgan.




