Lusio Hindistonning Goa klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2015
Mashhur braziliyalik himoyachi Lusio Hindistonning Goa klubiga o'tdi.
Klub 37 yoshli futbolchining transferini tvitter orqali ma'lum qildi.

Lusioning so'nggi klubi Palmeyras bo'lgandi. Ushbu klub safida u Braziliya chempionatining 25ta o'yinida 2ta gol urgandi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi safida Lusio 2002 yilgi Jahon chempioni bo'lgan. Himoyachi terma jamoa tarkibida 107ta o'yin o'tkazgan va 4ta gol urgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru