Lukas Vaskes: “Real”da uzoq yillar to'p suraman deb umid qilaman

Lukas Vaskes kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

“Men har doim “Real” uchun o'ynashni orzu qilganman. Menga Madridga qaytishni taklif qilishganida, bu butun hayotimdagi menga berilgan imkoniyat ekanligini tushunib etdim. “Real” uchun to'p tepayotganligimdan xursandman. Bu jamoa meni o'yinchi sifatida shakllantirdi va men bu yerda ko'p yillar qolishni xohlayman”, - deydi Vaskes.

Avvalroq Vaskesga “Arsenal” va “Liverpul”ning qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.


Manba: Ondo Cero