Lukakuning agenti forvardning Italiyaga qaytishini istisno etmadi

Alisher
11 dek 2021, 13:18
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuning agenti Federiko Pastorello futbolchining Italiya chempionatiga qaytishini istisno etmadi.

"Menimcha biz Romeluni yana Italiyada ko'ramiz, sababi unga bu mamlakat yoqadi. Ammo, Lukaku hozirda "Chelsi"dagi vaqtidan zavq olmoqda", - deydi Pastorello.

Lukaku "Chelsi"ga "Inter"dan 2021 yilning avgustida o'tgan edi.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum London jamoasi tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano