Lukaku Saudiya Arabistonidan tushgan yana bir taklifni rad qildi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2023, 22:13
Hujumchi Romelu Lukaku Saudiya Arabistoniga borishni istamadi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Al Hilol" belgiyalik hujumchi bilan yana bog'langan va 2 yillik shartnoma uchun 60 mln evro maosh taklif qilgan. Shuningdek, "Chelsi"ga transfer uchun 50 mln evro to'lashini ma'lum qilgan. Biroq Lukaku faoliyatini Osiyoda davom ettirishni o'ylamayotganini va "Yuventus"ni tanlab bo'lganini aytgan.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Lukaku Turin klubi bilan mavsumlik 8 mln evro maoshi belgilangan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport