Lukaku MYU mashg'ulotiga 102 ming funtlik mashinada keldi (+FOTO)
Aslanov Jasurbek
14 avg 2018
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku jamoaning Karringtondagi mashg'ulot bazasiga yangi mashinasida keldi.
Lukaku yangi mavsum oldidan Mercedes AMG-GT Coupe sotib oldi. Belgiyalik forvard "qizil iblislar" mashg'ulotiga 102 ming funtlik mashinasida tashrif buyurdi.
Lukaku avvalgi mavsumda Bentley Continental GT mashinasidan foydalanar edi.