Lukaku Belgiya terma jamoasida sermahsullik namoyish etmoqda

12 iyun 2019, 07:56
Belgiya terma jamoasi kecha Evro-2020 saralash bosqichi doirasida Shotlandiyani qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bellashuvda 26 yoshli hujumchi Romelu Lukaku dublga erishdi. Bu Lukaku uchun terma jamoa libosida 21-o'yindagi 24-goli bo'ldi. U so'nggi 6 ta o'yinda 7 ta gol urishga erishdi.

Ayni damda Belgiya termasi “I” guruhida 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.


Manba: Opta Joe