

Manbaning xabar berishicha, hujumchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. "Zebraranglilar" futbolchining transferi uchun "pensionerlar"ning barcha moliyaviy talablarini qondirishga tayyor, "Inter" esa bu talablarni amalga oshirishni istamaydi. Agar tomonlar rozi bo'lsa, Romelu joriy mavsum oxirida "Nyukasl"ga o'tishi mumkin.
Lukaku jarohati tufayli ikki oyga yaqin maydonga tusha olmadi. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi Italiya chempionatida atigi to'rtta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.



