Luis Felipe Skolari: "Kolumbiya ushbu JCHni bezab turibdi"

Aziz Tukhtamuradov
4 iyul 2014
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Kolumbiyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kolumbiya ajoyib jamoa. Ular taktik tomonlama yaxshi o'yin namoyish etadilar. Ularda yuqori texnikaga ega bo'lgan Rodriges va Kuadrado kabi futbolchilar bor. Chempionatni bezab turgan ushbu jamoaga raxmat.

Ayni paytda futbolchilarim kabi optimistik kayfiyatdaman. Yigitlar ruxiy tomonlama hech qanday bosim yo'qligini aytib o'tdilar.
O'yin ikkala jamoa uchun ham qiyin bo'ladi", - deydi Skolari.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru