Luchesku "Fenerbaxche" muxlislari tufayli matbuot anjumanida ishtirok etmadi

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2022
Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasiga qarshi Chempionlar Ligasi saralashining 2-bosqichi javob uchrashuvidan (2:1) keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida qatnashmadi.

Mahalliy OAVning yozishicha, bunga Turkiya klubi muxlislarining o'yin davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomini aytib, hayqirishgani sabab bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, jamoalarning birinchi uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangandi. Javob uchrashuvida esa kievliklar qo'shimcha vaqtda g'alabani ilib ketishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fanatik