Luchano Spaletti: "Hech kim "Yuve"ga skudettoni berib qo'ymoqchi emas"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyada g'alaba uchun jiddiy kurash bo'lishini kutmoqda.

"Bu mavsum kuchliroq jamoaga aylanganimizni his qilyapman. Bu faqat transferlar sababli emas, balki bir-birimizni yaxshiroq tushuna boshlaganimizdan. Maqsadlarimiz haqida aniq tasavvurga egamiz.

Hech kim skudettoni "Yuventus"ga berib qo'ymoqchi emas.

"Inter", "Napoli", "Roma", "Milan" va "Lacio" sovrin uchun kurasha oladi, chunki ularning barisi yanada kuchliroq bo'ldi.

"Inter" - besh davogardan biri va skudetto uchun "Yuve" bilan raqobatlasha olamiz" - deydi Spalletti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia