Loran Blan: "Ronaldu va Messi keksaymoqda. Mbappe - ularning o'rnini bosadiganlardan biri"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021
Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, hozirda Qatarning "Al Rayyan" klubini boshqarayotgan Loran Blan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

"Gap 21 yoshli yigitcha haqida ketmoqda (Kilian dekabrda 23 yoshga to'ladi). U hali juda-juda yosh, lekin allaqachon katta ishlarni amalga oshirdi. Menimcha, u bundan-da yaxshiroq bo'lishi mumkin. Garchi ayni damda Kilian juda kuchli futbolchi bo'lsa ham, barcha uning oldinga intilishi kerakligiga ishonadi.

O'ylashimcha, so'nggi o'n yil yoki undan ko'p vaqtni ifodalovchi ikkita futbolchi bor - Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu. Afsuski, vaqt o'tishi bilan ular qariydilar.

Menimcha, Kilian ularning o'rnini bosa oladiganlardan biri", - dedi Blan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Foot Mercato