Guruh jadvalidan kelib chiqib aytganda, "Lokomotiv"ga "Al Sadd" bilan kechadigan bellashuvda faqat g'alaba kerak. Zero "temiryo'lchilar" hozircha bir ochko bilan oxirgi o'rinda borishyapti. "Al Sadd" esa 7 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Shuningdek, "Al Hilol" hisobida 4 ochko, "Fulad" hisobida esa 3 ochko mavjud.
Agar bugun "Lokomotiv" zafar quchadigan bo'lsa, jadvalda uchinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Buning uchun "Fulad" safarda "Al Hilol"ga imkoniyatni boy berishi kerak bo'ladi. "Lokomotiv" - "Al Sadd" bahsi bugun TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:00. "Al Hilol" - "Fulad" uchrashuvi esa Toshkent vaqti bilan 22:45da start oladi. Quyida "Lokomotiv" - "Al Sadd" o'yiniga doir bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.
"LOKOMOTIV"
- Jamoa hamon ilk g'alaba nashidasini surish ilinjida. Chunki "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasida hozircha zafar quchgani yo'q. Jamoa o'z maydonidagi avvalgi o'yinda "Fulad" bilan 1:1 hisobini qayd etdi.
- "Lokomotiv" uchta o'yinda o'z darvozasidan 10ta gol o'tkazib yubordi. Bu esa juda xunuk ko'rsatkich hisoblanadi. Bu yilgi ishtirokchilar orasida birgina Vetnamning "Bin Duong" klubi "Loko"ga nisbatn bitta ko'p gol o'tkazgan - 11ta.
- Himoyachi Salim Mustafoev sariq kartochkalari ikkita etgani tufayli bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. Avvalgi o'yinda ishtirok eta olmagan Lutfulla To'raev esa bu safar maydonga tushishi mumkin.
"AL SADD"
- O'tgan o'yinda qayd etilgan 6:2 hisobi OCHLdagi eng yirik g'alaba sifatida tarixga kirdi. "Al Sadd"ning bungacha eng yirik g'alabasi 2011 yilda ro'y bergan bo'lib, ular Suriyaning "Al Ittihod" klubini 5:1 hisobida engishgan.
- "Al Sadd" bungacha O'zbekistonda uch marta to'p surgan, ikki marta mag'lubiyatga uchragan ("Neftchi" bilan o'yinlarda) va "Paxtakor"ga qarshi durang qayd etgan.
- "Al Sadd" oxirgi bor safarda 2011 yil "Chonbuk Motors" ustidan g'alabaga erishgan. Jamoa shundan beri safarda oltita o'yin o'tkazgan bo'lsa, birortasida ham uch ochkoni qo'lga kirita olmagan.
- Xalfan Ibrohim guruh bosqichida uchta to'p kiritdi. U OCHLdagi gollari hisobini 14taga etkazib oldi.