

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, "temiryo'lchilar" yaqin vaqtlar ichida Javoxir Sidiqovning transferini e'lon qiladi. O'tgan mavsumda "Paxtakor" tarkibida 14 o'yinda harakat qilib, 3 bora gol urgan futbolchi kelasi mavsum "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.
Shuningdek, "Lokomotiv" bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov tvitterida yangi bosh murabbiy bilan 2 yillik shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. Unga ko'ra, yangi bosh murabbiy yaqin kunlar ichida e'lon qilinadi.

Oldinroq klub matbuot xizmati vakillari Mirjalol Normatov hamda Evdokim Raimov feysbukdagi akkauntida shunday postlar yozib qoldirgandi:


Bundan ko'rinib turibdiki, "Lokomotiv"ni yangi mavsumda portugaliyalik murabbiy boshqarishi kutilmoqda. Bu boradagi rasmiy xabarlar yaqin kunlar ichida ma'lum qilinadi.



