

Bu haqda futbolchining agenti, “Valensiya” klubi rahbariyatiga aytib o'tgan.
Futbolchi agentning so'zlariga ko'ra, “temiryo'lchilar” va krasnodarliklar uning mijozi uchun 5-6 mln evro miqdorida mablag' taklif etishga tayyor. Ammo Sissokoning rossiya klublaridan birida o'ynash imkoniyati juda kam. Buning sababi esa, “Valensiya” klubi hali beri futbolchini sotish niyati yo'qligida. Sissokoning o'zida ham premer-ligada ishtirok etishga unchalik moyillik yo'q. U keyinchalik Angliya klublarining birida o'ynashni umid qilayapdi.



