"Lokomotiv" shved klubini tor-mor etdi, Vitaliy Denisov to'liq o'ynadi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2014
Ispaniyada yig'in o'tkazayotgan Moskvaning "Lokomotiv" klubi kecha Shvetsiyaning "Yurgorden" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Vitaliy Denisov jamoadoshlari uchrashuvda 4:0 hisobida zafar quchishdi. Hamyurtimiz o'yinni to'liq o'tkazdi.

"Loko" keyingi bahsni 23 fevral kuni Norvegiyaning "Stremsgodset" klubiga qarshi o'tkazadi.

Lokomotiv - Yurgorden 4:0 (1:0)

Gollar:
Samedov, 4 (1:0). Tkachev, 58 (2:0). Pavlyuchenko, 62 (3:0). Dyurica, 65 (4:0).

Lokomotiv: Abaev (Gilerme, 69), Shishkin, Chorluka, Dyurica, Denisov, Mixalik (Diarra, 46), Ozdoev (Ondua Gael, 81), Samedov, Bussufa, Tkachev, Pavlyuchenko.

Yurgorden: Xoye, Karlsson, Bergstrem, Amarti (Estberg, 42), Andriuskyavichyus, Chibsa, Broberg (Tibbling, 69), Yuxansson, Feyzullaxu (Sivodedov, 46), Yavo, Priyovich.

Ogohlantirish: Bussufa, 12.

Chetlatish: Amarti, 41.

19 fevral. Marbelya. Futbol markazi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia