"Lokomotiv" serbiyalik futbolchining transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2024
"Lokomotiv" PFK serbiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Tanishing: Damyan Krayishnik, 1997 yil 24 aprel kuni tug'ilgan. Fuqaroligi: Serbiya.

Bo'yi - 175 sm. bo'lgan Damyan Krayishnik yarim himoya markazida harakat qiladi. Oxirgi to'p tepgan jamoasi - Serbiyaning "Jeleznichar" klubi.

Faoliyati davomida "Radnichki", "Mladost", "Zvezda 09" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати