

O'yin "Lokomotiv"ning yirik 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi. Unda toshkentliklar safida 17-raqam ostida Turkmaniston terma jamoasi a'zosi Arslonmurod Omonov maydonga tushdi.
Omonov terma jamoa safida 19ta o'yinda maydonga tushib 6ta gol urgan. Futbolchi MTTU klubidan kelib "Lokomotiv" safida ko'rikdan o'tmoqda. Agar uning harakatlari murabbiylarga maqul kelsa futbolchi bilan shartnoma tuziladi.



