"Lokomotiv" Rossiya U-19'ga mag'lub bo'ldi, Jaloliddinov 62 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2020
"Lokomotiv" (Moskva) va Rossiyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi o'rtasidagi nazorat o'yini yakunlandi.

"Loko"ning o'zbekistonlik o'yinchisi Jasur Jaloliddinov bugun asosiy tarkibda maydonga tushib, 62 daqiqa o'ynadi va "temiryo'lchilar" safida debyut qildi.

Yopiq eshiklar ortida o'tgan bahsda "Lokomotiv" Rossiya U-19'ga yutqazdi – 1:3.

Ma'lumot uchun, "Lokomotiv"ning yagona golini Fransua Kamano urdi.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" RPL 7-turida Eldor Shomurodov to'p tepadigan "Rostov" klubi maydoniga safar uyushtiradi. Uchrashuv 14 sentyabr kuniga belgilangan.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia