

Mazkur bahs vaqtida RJD Arenaga yig'ilgan temiryo'lchilar muxlislari Lokoning sobiq a'zosi Vitaliy Denisovga atab banner tayyorlashdi. Unda esa Barchasi uchun rahmat senga Vitaliy Denisov, so'zlari yozilgandi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli himoyachi 2013 yilda Ukrainaning Dnepr klubidan moskvaliklar safiga kelib qo'shilgandi. Shu vaqt oralig'ida Vitaliy jamoa bilan Rossiya chempionligini va ikki bora mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Denisov o'tgan mavsumni ijara asosida Krilya Sovetovda o'tkazdi va joriy yilning yozida esa u erkin agent sifatida qozonliklar a'zosiga aylandi.










