"Lokomotiv M" - "Krasnodar", "Roma" – "Yuventus" va haftaning qolgan muhim o'yinlari

Aziz Tukhtamuradov
29 avg 2015
Ushbu haftada Rossiya Premer Ligasida faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz Odil Ahmedov va Vitaliy Denisovlar to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

Shuningdek, Skudetto uchun kurashda ashaddiy raqiblar, Myunxendagi jang, "Monako" - PSJ, "Sevilya" - "Atletiko" o'yinlari ham muxlislarimiz uchun qiziq bo'lishi aniq.


Real Madrid – Betis. (shanba. 01:30)
Bugun Benitesda dastlabki turdagi durang tasodif ekanligini isbotlash uchun imkoniyat bor.


Shuningdek, kataloniyaliklar ham bugun "Malaga"ni qabul qiladilar.
Barselona – Malaga. (shanba. 23:30).


Lokomotiv – Krasnodar. (yakshanba. 15:30)
RPLda faoliyat olib borayotgan ikki nafar yurtdoshlarimizning to'qnashuvi. Siz ushbu o'yinda qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?


Suonsi – Manchester Yunayted. (yakshanba. 20:00)
Asta-sekin o'ziga kelayotgan Lui van Gal shogirdlari chempionatning stabil jamoalaridan biri Suonsi maydonida mehmon bo'ladilar.
Shuningdek, bugun soat 16:45 da bo'lib o'tadigan Nyukasl – Arsenal o'yini ham APL muxlislari uchun qiziq bo'lishi aniq.


Monako – PSJ. (yakshanba. 23:55)
Fransiya chempionati yetakchilarining o'zaro uchrashuvi. Fransiyada davraning markaziy o'yinlaridan biri desak ham bo'ladi.


Sevilya – Atletiko. (yakshanba. 23:30)

Ushbu o'yin ham Ispaniyada turning markaziy o'yini hisoblanadi.


Bavariya – Bayer. (shanba. 21:30)

Germaniyada mavsumning muhim o'yinlaridan biri bo'lishi shubhasiz. Ikkala jamoa ham bundan oldingi o'yinlarda g'alaba qozonganlar va turnir jadvalida yuqori o'rinlarda bormoqdalar.


Roma – Yuventus. (yakshanba. 21:00)
Chempionlik uchun kurashda turinliklarga aynan "Roma" asosiy raqib bo'lishini hisobga oladigan bo'lsak, o'yinning ahamiyatini tasavvur qilish qiyin emas.


O'yinlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia