“Lokomotiv M” ishqibozlari klub rahbarlarini “o'ldi”ga chiqarishdi
Eldor Akmurzayev
17 may 2020, 19:50
Muxlislar klub bosh murabbiyi Yuriy Syomin bilan hamkorlikning to'xtatilishiga qarshi o'z noroziliklarini bildirishda davom etmoqda.
“Temiryo'lchilar” stadionining kassasi oldiga noma'lum shaxslar Moskva jamoasi direktorlar kengashi raisi Anatoliy Meshheryakov va bosh direktor Vasiliy Kiknadzening motam suratlarini o'rnatib kyetishgan.