"Lokomotiv" hujumchisi Serbiya klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2019
Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Filip Rayevac jamoani tark etganidan xabaringiz bor.

Kuni kecha futbolchi Serbiyaning "FK Indjiya" klubi bilan shartnoma tuzdi. "FK Indjiya" bu mavsum Serbiya Superligasiga chiqdi.

Yil boshida "Lokomotiv"ga qo'shilgan Rayevac bu mavsum Superligada 9ta o'yinda maydonga tushdi va umuman gol ura olmagandi. Osiyo chempionlar ligasida 4ta uchrashuvda ishtirok etdi va bitta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Rayevac 2017 yil "Qo'qon-1912" safida 28ta o'yinda 7ta, 2018 yil "Bunyodkor" tarkibida 27ta uchrashuvda 7ta to'p kiritgan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar