"Lokomotiv" futbolchilari "Paxtakor-79"ni yod etishdi

Mirjalol Normatov
11 avg 2019
Bugun Toshkentdagi Botkin qabristonida har qachongidan odam ko'p bo'ldi. 1979-yil 11-avgust kuni aviahalokat sabab hayotdan ko'z yumgan “Paxtakor” jamoasi a'zolari xotirasini yodga olish maqsadida juda ko'pchilik tashrif buyurdi.

“Lokomotiv” futbolchilari kecha Termizda Superliga 16-tur doirasida “Surxon” jamoasiga qarshi maydonga tushib, o'yindan keyin poyezdda Toshkentga qaytishdi. Jamoa a'zolari bugun tushga yaqin poytaxtga yyetib kelib, avtobusda to'g'ri Botkin qabristoni tomon yo'l olishdi va “Paxtakor-79” xotirasi uchun yodgorlik poyiga gulchambarlar qo'yishdi. Bugungi tadbirda bir qator sport faxriylari hamda o'zbek futboli rahbarlari ham ishtirok etishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz