"Lokomotiv" futbolchilari "Metallurg" hamda "Navbahor"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2021, 15:04
"Lokomotiv" matbuot xizmati Farruh Ibrohimov hamda Ibrohim G'anixonovning jamoadan ketganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, 25 yoshli himoyachi Farruh Ibrohimov "Metallurg"ga o'tgan bo'lsa, 21 yoshli hujumchi Ibrohim G'anixonov faoliyatini "Navbahor"da davom ettiradi.

Ibrohimov "Lokomotiv" tarkibida Superliga bahslarida 18 uchrashuvda qatnashib, bir bora raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, G'anixonov 21 o'yinda ishtirok etib, bir marta gol urishga erishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати